Claude Code'ga plagin, skill va subagent qo'shsangiz, u qoidalari va ixtisoslashgan yordamchilari bor tizimga aylanadi. Quyida men har kuni ishlatadigan to'plam va bitta so'rov ichida aynan nima sodir bo'lishi ko'rsatilgan.
Subagent fayllarni o'z oynasida o'qiydi va asosiy sessiyaga faqat xulosani qaytaradi.
Namunaviy sessiya, sxematik ko'rinish. Raqamlar nisbatni ko'rsatish uchun.
Hammasini bitta narsa birlashtiradi: plugin. U skill, subagent, hook va komandalarni bitta paketga yig'adi. /plugin install bilan user scope'ga o'rnatsangiz, istalgan loyihada ishlaydi.
Hodisaga bog'langan avtomatika: SessionStart, PreToolUse, PostToolUse, Stop. Sessiyaga qoida qo'shadi yoki asbobni tutib qoladi.
SKILL.md: name va description bor frontmatter hamda yo'riqnoma. references/ ichidagi fayllar kerak bo'lgandagina o'qiladi.
/ponytail-review, /graphify kabi. Aslida foydalanuvchi o'zi chaqiradigan skill.
/ bilan o'zingiz yozgandaO'z system prompti, asboblari va modeli bor alohida xodim. O'z kontekst oynasida ishlaydi, parallel ishga tushirish mumkin.
Sessiya boshida har bir skill'dan faqat bir qatorli tavsif yuklanadi. To'liq matn chaqirilgandagina kiradi. Bu progressive disclosure. Skill'ni bosib, kontekst qanday o'zgarishini ko'ring.
Har bir qator nimani olib kelishini ko'rsatadi. Batafsil ko'rish uchun qatorni bosing.
SessionStart hook har sessiyaga "vazifaga mos skill bo'lsa, avval uni chaqir" qoidasini kiritadi. Yangi ish uchun oqim:
Yangi kod yozishdan oldin tekshiradi: kerakmi? Loyihada bormi? Standart kutubxonada bormi? O'rnatilgan dependency'da bormi? Darajalari: lite, full, ultra.
shortcut: <cheklov>, <qachon yangilash> izohi bilan qoladi, /ponytail-debt ularni ro'yxat qilib chiqaradi./ponytail-review va /ponytail-audit ortiqcha murakkablikni topadi.25 dan ortiq skill: spec-driven-development, incremental-implementation, api-and-interface-design, security-and-hardening, performance-optimization, ci-cd va boshqalar. Tayyor subagent'lar:
To'rt tamoyil: taxminlarni ochiq aytish, faqat kerakli joyni o'zgartirish, soddalikni tanlash, natijani tekshirsa bo'ladigan mezon qo'yish. Kichik skill, lekin so'ralmagan refactor'larni sezilarli kamaytiradi.
Javobdagi ortiqcha so'zlarni olib tashlaydi, texnik faktlar qoladi. Asosiy foydasi cavecrew subagent'larida:
fayl:qator jadvalini qaytaradiMen uni sukut bo'yicha o'chirib qo'yganman, chunki o'zbekcha matnni haddan tashqari qisqartiradi. Kerak bo'lsa /caveman bilan yoqaman.
Kodni tree-sitter AST orqali grafga aylantiradi, bunga LLM kerak emas. Hujjat va rasmlarni esa model o'qiydi. Natija: graphify-out/graph.json va GRAPH_REPORT.md. Keyin 20 ta faylni grep qilish o'rniga graphify path "A" "B" yoki graphify explain "X" yetarli.
/graphify .: grafni qurish (har loyihada bir marta)graphify claude install: loyiha CLAUDE.md fayliga "avval grafni tekshir" qoidasini yozadigraphify hook install: har commit'dan keyin grafni yangilaydisuperpowers va agent-skills'da TDD, plan va review ikkalasida ham bor. Zarari yo'q, lekin tavsiflar ikki barobar token oladi. /context bilan o'lchang, keraksizini /plugin orqali o'chiring.
superpowers har ijodiy ishdan oldin brainstorm qilishni talab qiladi, ponytail esa ortiqcha ishni qilmaslikni. Odatda yaxshi muvozanat chiqadi, lekin mayda vazifada brainstorming ortiqcha bo'lishi mumkin.
Sizning ko'rsatmangiz va CLAUDE.md skill'dan ustun, skill esa standart xatti-harakatdan ustun. Plaginlarni siz boshqarasiz, ular sizni emas.
Har bir SessionStart hook har sessiyada kontekstga matn qo'shadi. Hook ko'paygan sari har sessiyaning boshlang'ich narxi oshadi.
Har bir subagent o'z kontekstini noldan quradi. Uni katta va mustaqil ishlarga ishlating, ikkita grep uchun emas.
superpowers, ponytail, agent-skills va graphify skill'i Codex CLI'da ham bor. Shunday qilib ikkala agentda bir xil ish tartibi saqlanadi.
/contextNima qancha token egallayotgani. Eng muhim buyruq.
/pluginPlaginlar ro'yxati, yoqish va o'chirish
/agentsSubagent'lar ro'yxati
/hooksO'zi ishga tushadigan narsalar
/Barcha skill va komandalar
Plaginlar Claude'ni aqlliroq qilmaydi, intizomli qiladi: avval tushunadi, kichik o'zgartiradi, isbotlaydi, keyin ko'rib chiqadi.
O'z to'plamingizni ulashing yoki qaysi plagin nimaga kerakligini so'rang.
Telegram guruhga qo'shilish